"Barselona" Turandan butkul qutulmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiyalik futbolchi Arda Turanning “Barselona”dagi taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Turanning Kataloniya super klubidagi kelajagi haqida ko‘p gapirildi. Ammo, futbolchining o‘zi “Barsa”da qolish niyatida ekanligini aytmoqda. Qolaversa, jamoaning yangi bosh murabbiyi Ernesto Valverde ham uni yangi mavsumda o‘z rejalariga kiritgan.

Ammo, Turanning asosiy tarkibga kirishi so‘roq ostida bo‘lgani bois “Galatasaroy” uni “ko‘k-anor ranglilar”dan ijaraga olishni taklif qilmoqda. Biroq, “Barselona” rahbariyati Turanni ijaraga berishni emas, balki, uni sotib pul ishlashni xohlamoqda.

Ma’lumot uchun, Turan 2003-2011 yillarda aynan “Galatasaroy” klubida to‘p surgan. Shundan so‘ng 13 mln evro evaziga Madridning “Atletiko”siga o‘tgan. “Matraschilar” safida to‘rt mavsum harakat qilganidan so‘ng Turan 34 mln evroga “Barselona”ga ko‘chib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!