
"Barselona" uch yulduzini sotishga qaror qildi
"Barselona" yozgi transfer oynasida uch nafar yulduzi bilan xayrlashishi mumkin.
"El Chiringuito TV"ning xabar berishicha, 35 yoshli Robert Levandovski, 21 yoshli Ansu Fati va 24 yoshli Ronald Arauxolar yaxshi taklif bo‘lsa, mavsum yakunida Kataloniya grandini tark etadi.
Qishki transferlar oynasi vaqtida Arauxoni “Bavariya”ga o‘tib ketishiga oz qoldi. Bosh murabbiy Xavi Ernandes bu transferga qarshilik qildi. Ansu Fati esa ayni damda "Brayton"da ijara asosida o‘ynamoqda.
Fikrlar