"Barselona" uning tilini topa oldi

  • 22.05.2020 12:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga juda yaqin turibdi.

Sport.es nashri tarqatgan xabarga qaraganda, tomonlar so‘nggi kunlarda muzokaralarning hal qiluvchi pallasiga etib kelishgan. Unga ko‘ra, 28 yoshli nemis posboni “ko‘k-anor ranglilar” bilan 2025 yilgacha tuzilgan shartnomaga imzo chekishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, ter Shtegen “Barselona” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan 6 yil davomida jami 224 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 206 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!