
"Barselona" Villianga taklif bilan chiqdi
"Barselona" qishgi transfer oynasi vaqtida "Chelsi" hujumchisi Villianni sotib olishga ulgurmoqchi.
Sky Sports nashriga ko‘ra, "ko‘k-anor rangliklar" londonliklarga braziliyalik futbolchi uchun 23 milllion evrolik taklif bilan chiqishgan. Ta’kidlab o‘tish joiz 31 yoshli futbolchining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq "Barselona" Risharlison transferi bo‘yicha "Everton"ga bildirgan taklifiga rad javobini olgandi.
Fikrlar