
"Barselona" vitse-prezidenti: “Levandovskining transferi?”
"Barselona" vitse-prezidenti Eduard Romeu "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskining transferi haqidagi savolga javob berdi.
“Levandovskining transferi - murabbiylar shtabining eng katta orzularidan biri. Robert allaqachon bizning jamoaga o‘tish istagini bildirgan. Bu saviyadagi o‘yinchi "Barselona"ga o‘tmoqchiligi ko‘p narsani anglatadi. Agar biz o‘z ishimizni to‘g‘ri qilsak, yaqin orada muxlislarni yaxshi yangilik bilan xursand qilamiz”, - deya Romeuning so‘zlarini keltiradi “Marca”.
Levandovski o‘tgan mavsumda "Bavariya"ning barcha musobaqalar doirasidagi 46 ta o‘yinida maydonga tushib, 50 gol va 7 golli uzatma muallifiga aylangan. Uning myunxenliklar bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar