"Barselona" vunderkindi uchun APL etakchilari kurash olib boradi

  • 9 yanvar, 2023, 11:25
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning 19 yoshli himoyachisi Baldening jamoadagi kelajagiga ishonchi komil emas. Boz ustiga, uning agenti ingliz klublari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Tecno

Xabar qilinishicha, agentlar "Arsenal" va "Nyukasal"ga bu borada aloqaga chiqishgan. Balde avvalroq "Barselona" bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib olgandi, ammo moliyaviy muammolar tufayli rasmiy qism jarayon keyinchalik to‘xtab qolgan.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli Balde bu mavsumda "ko‘k-anorranglilar" uchun katta kashfiyot bo‘ldi. Futbolchi hatto jahon chempionatiga ham chaqiruv olganidan xabaringiz bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!