“Barselona” xavotirga tushib qoldi

  • 3 noyabr, 2024, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” rahbariyati yanvar oyida jamoa yarim himoyachisi Dani  Olmoni chempionatning ikkinchi qismi uchun La Liga qaydnomasidan o‘tkaza olmasligidan xavotirga tusha boshladi.

 Sport.es nashrining ma’lum qilishicha, bunga moliyaviy holat sabab bo‘lmoqda. Gap shundaki, kataloniyaliklar Nike kompaniyasidan homiylik mablag‘ini kutilganidan kechroq oladigan bo‘ldi.

Qolaversa, jamoa himoyachisi ndrea Kristensen jarohatidan qutildi va jamoa tarkibiga qaytishga tayyor. Endi klub bu o‘yinchini ham qaydnomaga kiritishi kerak.

Manbaga ko‘ra, “Barselona”ning hozirgi moliyaviy ahvoli bu ikki futbolchidan faqat bittasini ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!