“Barselona” yangi murabbiy bilan uch yillik shartnomaga kelishdi
Niderlandiya terma jamoasini boshqarayotgan Ronald Kuman “Barselona” bilan uch yillik shartnoma tuzadigan bo‘ldi.
Kataloniya klubi yangi bosh murabbiyni rasman shu haftada tanishtirishni rejalashtirmoqda. “Barselona” uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangan mavsumdan so‘ng klub prezidanti Xosep Bartomeu bosh murabbiy Kike Setenni iste’foga chiqarganini ma’lum qilgandi. Klubda bu lavozimga Ronald Kumandan mos nomzod yo‘qligini ta’kidlashmoqda.
Kumanning o‘zi 1989-1995 yillar davomida “Barselona” tarkibda to‘p surgan va 1998-2000 yillarda murabbiylar shtabida bosh murabbiy assistenti lavozimida ish yuritgan.


Fikrlar