"Barselona" yoki"Real"? Devis ulardan birini tanladi

  • 13.11.2024 15:49
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Alfonso Devis "Real Madrid"ga o‘tishga qaror qildi. Bu haqda Madrid klubiga "Bavariya" himoyachisiga yaqin odamlar ma’lum qilishdi, deb yozdi jurnalist Ramon Alvares de Mont.

Qayd etilishicha, kanadalik futbolchiga "Barselona" va "Manchester Yunayted" ham takliflar bilan chiqqan. Biroq, Devis ularga kelajagi borasida yakuniy qarorga kelganini aytgan.

Ma’lumot uchun, futbolchining "Bavariya" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!