"Barselona" yoshi o‘tib qolgan yulduzi o‘rniga 3 futbolchi topib qo‘ydi

  • 10 may, 2022, 16:08
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" etakchisi Serhio Buskets mavsumlar oralig‘ida boshqa jamoaga o‘tishi mumkin.

Shu sababdan kataloniyaliklar yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida bir necha futbolchi variantini ko‘rib chiqmoqda. Rahbariyat short-listidan Martin Subimendi ("Real Sosedad"), Orelen Tchuameni ("Monako") hamda Ruben Nevesh ("Vulverhempton") kabi havbeklar o‘rin olgan.

"Ko‘k-anorranglilar" jamoa sovrinlarga da’vogarlik qilishi uchun saviyali va yosh yulduzlarni xarid qilish kerak deb hisoblaydi. Buskets ayni paytda 33 yoshda.

Ispaniyalik yarim himoyachi faoliyatini kataloniyaliklar safida boshlagan va 2008 yildan beri asosiy klub sharafini himoya qilib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!