"Barselona" yoshlari "Real"nikidan qimmatroq yoxud La Liganing eng qimmat yoshlar jamoasiga ega klublari qaysilar?

  • 09.05.2020 13:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Transfermarkt sayti eng qimmat yoshlar jamoasiga ega Ispaniya La Ligasi klublari reytingini tuzib chiqdi.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinda "Barselona" klubining yoshlar jamoasi qayd etildi. Ushbu jamoa futbolchilarining ayni damdagi umumiy transfer narxi 34,03 million evroni tashkil etadi. “Real” Madridning o‘rinbosarlar jamoasi hisoblangan "Kastilya" esa 30,45 mln evro bilan 2-o‘rinda qayd etildi.

Kuchli beshlikdan esa "Atletiko" (16,73), "Real Sosedad" (7,35) va "Atletik" (6,95) jamoalari joy olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!