"Barselona" yulduzi qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

  • 7 noyabr, 2021, 12:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi 13-turi doirasidagi "Selta" - "Barselona" uchrashuvida tomonlar 3:3 hisobidagi jangovar durangga imzo chekdi.

Tecno

Birinchi bo‘lim so‘ngida kataloniyaliklar yulduzi Ansu Fati jarohat olib, maydonni tark etdi va jamoa bir necha daqiqa 10 kishi bo‘lib harakat qildi. Ispaniyalik futbolchi tezkor goli bilan hisobni ochgan edi.

"Ko‘k-anorranglilar" 19 yoshli vingerning holati haqida ma’lumot berdi: "O‘tkazilgan tekshiruvlardan keyin Ansu chap sonini shikastlab olgani ma’lum bo‘ldi. Uning qachon safga qaytishi tiklanish jarayoniga bog‘liq",-deyiladi klubning "Tvitter"dagi sahifasida.

"Barselona" 17 ochko bilan turnir jadvalining 9-pog‘onasida ketmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!