
“Barselona”da afsonaviy 10-raqam kimga qoladi?
“Barselona” chempionlik tarkibini yangiladi. Ma’lumotlarga qaraganda, Xavi Ernandes jamoasida 12 ta o‘zgarish ro‘y berdi.
O‘tgan mavsumda o‘ynagan futbolchilardan faqatgina Mark-Andre ter Shtegen, Ronald Arauxo, Pedri, Robert Levandovski, Andreas Kristensen, Markos Alonso, Serxi Roberto, Frenki de Yong va Jyul Kunde o‘z joyini saqlab qoldi.
Yangi o‘yinchilar o‘zlariga raqam tanladi, shuningdek, bo‘shab qolgan raqamlar yangi egalariga taqdim etildi.
Jamoaning so‘nggi transferlaridan Joau Kanselu 2-raqamni tanladi, Serxio Busketsning 5-raqami Inigo Martinesgk o‘tdi. Oriol Romeu shu paytga qadar Jordi Albaga tegishli 18-raqamni oldi. Jerar Pike elkasida 15 yil ko‘tarib yurgan 3 raqam Alexandro Baldeniki bo‘ldi.
Yozda kelgan futbolchilardan Joau Felish 14-raqamni tanlagan bo‘lsa, Ilkay Gyundog‘an 22-raqam ostida o‘ynaydi.
Ferran Torresga Usmon Dembeledan qolgan 7, Rafinyaga 11, Gaviga 6-raqam tegdi.
Ansu Fati ketgani uchun 10-raqam egasiz qoladigan bo‘ldi. Bu holat 28 yildan beri endi kuzatilyapti. Fatigacha afsonaviy raqamga Lionel Messi va Ronaldino egalik qilgan edi.
Fikrlar