
"Barselona"ning Krishtianu Ronaldu borasidagi qarori jiddiy
Portugaliya terma jamoasi va «Yuventus» klubi yulduzi Krishtianu Ronalduga "Barselona"ning qiziqishi ancha jiddiy. Kataloniyaliklar Ronalduning maoshi borasida surishtirmoqda.
AS nashrining ma’lum qilishicha, Krishtianuning «Yuventus»dagi kelajagi so‘roq ostida. Uning turinliklar bilan tuzgan shartnomasi yana bir yildan so‘ng yakunlanadi. Tomonlar hozircha yangi bitimni imzolashmadi. Evro-2020dan so‘ng Ronaldu buni muhokama qiladi.
Ispaniya OAVda yozilishicha, «keksa sinoralar» hujumchini 29 million evroga sotishga tayyor. Krishtianuning agenti Xorxe Mendesh "Yuve" bilan muzokara o‘tkazadi.
Oldinroq "Barselona" prezidenti Laporta jamoada Messi va Ronaldu birga o‘ynashini xohlashini aytib o‘tgandi. Buning uchun kataloniyaliklar Antuan Grizmann, Serxi Roberto yoki Filippe Koutinodan birini berishga tayyor.
Fikrlar