
"Barselona"ning mavsumlar oralig‘idagi asosiy transferlari kimlar?
Kataloniyaning “Barselona” klubi joriy yozgi transferlar davrida qaysi futbolchilarni sotib olishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar”ning mavsumlar oralig‘idagi asosiy ikki transfer nishoni “Ayaks” himoyachisi Matteys de Ligt va “Atletiko” forvardi Antuan Grizmanndir.
“Barselona” rahbariyati Grizmann garchi Luis Suares o‘rnida o‘ynashiga qaramay, o‘z safiga yana bir markaziy hujumchini qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Ular bu borada Rodrigo (“Valensiya”) va Aleksandr Lyakazettlarning (“Arsenal”) nomzodini ko‘rib chiqishmoqda.
Fikrlar