"Barselona"ning "Osasuna"ga qarshi bahsi noma’lum muddatga qoldirildi

  • 09.03.2025 00:47
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya La Ligasining 27-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Osasuna" klublari o‘rtasidagi bahs noma’lum muddatga qoldirildi. 
 
"DAZN" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, o‘yin boshlanishidan bir necha daqiqa avval Joan Laporta kiyinish xonasiga kirib, uchrashuv bo‘lmasligini ma’lum qilgan. Bunga asosiy sabab, klub shtabidagi bir inson vafot etgan. Shu sababli, o‘yin keyinchalik o‘tkazilishi ma’lum qilindi. 
 
Bo‘lajak uchrashuvdan avval mashg‘ulot o‘tkazayotgan futbolchilar esa maydonni tark etishga majbur bo‘lishgan. 
 
Rasman, "Barselona" ham rasmiy bayonot bilan chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, jamoaning asosiy shifokori Minaro Garsiya vafot etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!