“Barselona”ning to‘rt futbolchisini MYuni kuchaytiradi

  • 18 avgust, 2020, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yangi mavsum oldidan tarkibini qaytadan shakllantirishga qaror qildi va aksariyat futbolchilarini transferga qo‘ymoqda. Bundan  “Manchester Yunayted” unumli foydalanib qolishga urinib ko‘radi. Chunki Sulsherning o‘zi hozirgi tarkib bilan katta maqsadlarni amalga oshirib bo‘lmasligini va sovrinlar uchun kurashish kerak bo‘lsa, kuchli futbolchilarni olish kerakligini ta’kidlayotgan edi.

Tecno

Ayni paytda manchesterliklar himoyachi Samyuel Umtiti, yarim himoyachilar Ivan Rakitich, Arturo Vidal va hujumkor futbolchi Usmon Dembeleni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Shular orasida ikki frantsiyalik asosiy nishon hisoblanadi. Umtiti himoyani mustahkamlash uchun kerak bo‘lsa, Usmon amalga oshmagan transfer – Jeydon Sanchoning o‘rnini bosishi kerak.

“Manchester Yunayted” hozirgi vaziyatni inobatga olib, “Barselona” o‘ziga kerak bo‘lmagan o‘yinchilardan tezroq qutilish maqsadida ularning transfer summasini sezilarli darajada arzonlatishiga umid bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!