"Bashakshehir" bosh murabbiyi alamli mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 16.02.2026 02:59
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Turkiya Superligasining 22-turida "Istanbul Boshakshehir" o‘z maydonida "Beshiktosh"ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Nuri Shahin matbuot anjumanida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Juda hafaman. O‘yinni juda yaxshi boshlab, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldik. Ammo individual xatodan keyin hisob tenglashdi. Ikkinchi taymni ham yaxshi boshladik. Bunday uchrashuvlarda hal qiluvchi vaziyatlarni to‘g‘ri o‘ynay bilish juda muhim. Afsuski, oxirgi daqiqalarda yana xato qildik va gol o‘tkazib yubordik. Menimcha, biz kamida durangga loyiq edik. Natijadan juda afsusdaman. Ba’zan bu og‘riqli bo‘ladi, ammo biz o‘rganyapmiz. Keyingi o‘yinda g‘alaba qozonib, yana kurashga qaytishni istaymiz", — dedi mutaxassis.

Shuningdek, Shahin gol urgan paytida jarohat olgan hujumchi Berto‘g‘ Yildirimning holati haqida ham ma’lumot berdi:

"Berto‘g‘ning ehtimol yuz suyagi (yonoq suyagi) singan. Unga tezroq sog‘ayib ketishini tilayman. U biz uchun ham, turk futboli uchun ham juda qimmatli yosh futbolchi. Shuning uchun juda hafaman. Uning salomatligi biz uchun hamma narsadan ustun".

Ma’lumot uchun, ushbu bellashuvda hamyurtlarimiz Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!