"Bashakshehir" vakili Fayzullaev transferidagi muammoni aytdi

  • 14 avgust, 15:52
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi matbuot xizmati legionerimiz Abbosbek Fayzullaev transferi uchun TsSKAga pul o‘tkazishda muammoga duch kelayotganini ma’lum qildi. "Istanbul" iyul oyi oxirida Fayzullaev bilan shartnoma imzolaganini e’lon qilgandi. Bitim besh yilga mo‘ljallangan. OAV avvalroq bitim summasi 7 million evroni tashkil etgani haqida xabar bergan edi.

Tecno

- Klub hali TsSKAga pul to‘lamagani uchun Fayzullaev hozircha "Bashakshehir"da o‘ynay olmasligini to‘g‘ri tushunyapmanmi?
"Transfer uchun to‘lov bilan bog‘liq muammo yo‘q, ammo pul o‘tkazmasi bilan bog‘liq muammo bor", - deya "Match TV" "Istanbul Bashakshehir" matbuot xizmatining ismi oshkor etilmagan vakili so‘zlarini keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Fayzullaev 2023-yil avgustidan buyon TsSKAda o‘ynab kelayotgandi. Abbos "Paxtakor"dan 500 ming evro evaziga o‘tgandi. Milliy terma jamoamiz a’zosi Moskva klubida jami 72 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urgan va 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!