
"Bavariya" hafta oxirigacha asosiy xavbeki bilan shartnomani uzaytirgani haqida e’lon qiladi
"Bavariya" klubi ispaniyalik yarim himoyachi Tyago Alkantara bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha nihoyat kelishuvga erishdi. Bu haqda Sport Bild muhbiri Kristian Falk xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, myunxenliklar 29 yoshli futbolchi bilan shartnoma uzaytirilgani to‘g‘risida shu hafta oxirigacha rasman e’lon qilishadi. Shu tariqa Alkantaraning “Barselona”ga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmaydigan bo‘ldi.
Tyago Alkantara “Bavariya” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar