"Bavariya" "Atletiko" futbolchisi uchun 80 mln evro sarflamoqchi

  • 4 iyun, 2021, 13:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi va “Atletiko” Madrid klubi yarim himoyachisi Saul Niges faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Kladuiya Garsiyaning Radio Marca efirida ma’lum qilishicha, 26 yoshli futbolchining yangi ish joyi “Bavariya” klubi bo‘ladi. Myunxenliklar rahbariyati ushbu transfer uchun 80 million evro ajratmoqchi. Ushbu transfer joriy yozgi transferlar davrida amalga oshiriladi.

Niges “Atletiko” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar imzolangan.

Saul ortda qolgan mavsum Ispaniya chempionatida jami 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!