“Bavariya” “Barsa” yulduzini olib qo‘ymoqchi

  • 24 avgust, 2022, 08:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” pleymeykeri Frenki de Yong faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, “Bavariya” kataloniyaliklar bilan 2019 yili Filipe Koutino transferiga qo‘llagan hamkorlik usulida ish ko‘rmoqchi.

Myunxenliklar niderlandiyalik yarim himoyachini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni  taklif qilyapti.

De Yongga “Manchester Yunayted” va “Chelsi” ham da’vogarlik qilmoqda va bu transferni birdaniga amalga oshirish uchun 80-90 million evrodan voz kechishga tayyor.

Frenkining o‘zi Angliya klublariga o‘tishdan bosh tortyapti. Biroq, “Bavariya” taklifi uning qaroriga ta’sir qilishi mumkin.

Qolaversa, “Barselona” bu o‘yinchidan tezroq qutilish harakatiga tushib qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!