“Bavariya” “Barsa”ga qaqshatqich zarba tayyorlayapti

  • 21 iyun, 19:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan “Barselona” yozgi transferlar davrida “Atletik” yulduzi Niko Uilyamsni Kataloniyaga ko‘chirib kelishga urinyapti.

Tecno

Aslida klub xo‘jayini Joan Laporta o‘tgan yildan beri bu rejasini amalga oshirish yo‘llarini qidiradi.

Marca nashri tarqatayotgan ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” rejasini “Bavariya” barbod qilishi mumkin. Bundesliganing yangi chempioni bilbaolik 22 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha rasmiy taklif yuborishga tayyorlanmoqda.

Manbaning yozishicha, “Bavariya” sport direktori Maks Eberl bu transferni klub direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlatish uchun AQShdan Myunxenga qaytdi.

Niko Uilyamsning shartnomasida uni oladigan klub 58 million evro miqdorida badal puli to‘lashi kerakligi belgilab qo‘ygan. Futbolchi o‘zi o‘tishni istayotgan “Barselona” bu summani bittada to‘lay olmaydi. “Bavariya” esa, kataloniyaliklarning moliyaviy muammolaridan unumli foydalanib, iste’dodli hujumchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga shoshilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!