
"Bavariya" bosh murabbiyi "Barselona"da ish boshlashi mumkin, biroq...
Mavsum yakunlangach "Bavariya"ni tark etadigan bosh murabbiy Xans-Diter Flik faoliyatini Ispaniya grandida davom ettirishi mumkin.
ESPN nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "Barselona" rahbariyati 56 yoshli germaniyalik mutaxassisning vakillari bilan aloqaga chiqqan. Biroq kataloniyaliklar dastlabki muzokaralardan so‘ng Flikning Germaniya terma jamoasida ish boshlashga yaqin turganiga amin bo‘lgan.
Gap shundaki, "Barselona" prezidenti Joan Laportaga nemis mutaxassislarining faoliyati va Bundesligadagi o‘zgarishlar yoqadi.
Bundan avvalroq "Barselona"ning amaldagi bosh murabbiyi Ronald Kuman joriy mavsum yakunlangach iste’foga chiqarilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Ko‘k-anor ranglilar” 36 turdan so‘ng La Liga musobaqa jadvalida 76 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Peshqadam “Atletiko” hisobida 80 ochko mavjud.
Fikrlar