
“Bavariya” bu transferni amalga oshirmaydi
"Bavariya" "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongni sotib olish borasida muzokara olib borgani yo‘q, deb xabar beradi jurnalist Fabritso Romano.
Qayd etilishicha, Myunxen klubi na niderlandiyalik yarim himoyachining agentlari bilan, na kataloniyaliklar bilan muzokara olib bormayapti. "Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann de Yongning o‘yiniga qoyil qolishini bildirgan, biroq u futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni istamayati.
Bir kun avval “Bavariya” De Yongni “Barselona”dan ijaraga olishi mumkinligi xabar qilingandi.
"Manchester Yunayted" 25 yoshli yarim himoyachiga asosiy da’vogar sanaladi, ammo De Yongning o‘zi "Barsa"ni tark etishni istamayapti.
De Yong o‘tgan mavsum "Barselona"ning barcha turnirlar doirasidagi 47 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar