"Bavariya" "Feyenoord"ning yosh is’tedotini sotib olmoqchi

  • 31.10.2025 18:12
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" "Feyenoord"ning 19 yoshli himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, "Feyenoord" safida harakat qilib kelayotgan niderlandiyalik Jivayro Ridni Myunxening "Bavariya" klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Tomonlar Ridning transferi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni allaqachon boshlab yuborishgan. Bundan tashqari, himoyachining hizmatlaridan APL jamoalari ham foydalanmoqchi. 

Jivayroning "Feyenoord" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Uning hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 20 million evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli himoyachi joriy mavsum rotterdamliklar safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol kiritgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!