
“Bavariya” futbolchisi Fayzullaevga maslahat berdi
Ommaviy axborot vositalarida o‘zbek futbolchisi Abbosbek Fayzullaevga Germaniyaning eng qudratli klubi “Bavariya” qiziqish bildirayotgani va TsSKAdan transfer ma’lumotlarini so‘ragani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
20 yoshli futbolchi Qatardagi Osiyo kubogida muvaffaqiyatli qatnashganidan keyin yangi taklif takliflar bo‘lishi kutilayotgandi. Fayzullaev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida qit’a chempionatida beshta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol va bitta assist qayd etdi va o‘zini jamoaning yangi etakchisi sifatida namoyon qildi.
“Bavariya”ning Fayzullaevga e’tibor qaratgani haqidagi xabarlarga futbol olamining taniqli shaxslari ham munosabat bildirmoqda. Myunxen klubi va TsSKA jamoasining sobiq futbolchisi Ivitsa Olich o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- “Bavariya” Abbosbek Fayzullaevga qiziqayotgani haqida hali hech xabar topganim yo‘q. Agar myunxenliklar unga qiziqayotgan bo‘lsa, bu uning saviyasi yuqori ekanidan dalolat beradi.
Abbos nafaqat ayrim uchrashuvlarda, balki bir necha mavsumlar davomida o‘zini ko‘rsatishi muhim hisoblanadi.
Shundan keyin bu futbolchiga faqatgina “Bavariya”ning emas, balki boshqa katta klublarning ham qiziqishini jidjiy tarzda muhokama qilish mumkin bo‘ladi.
Abbos yaxshi sifatlarga ega futbolchi ekani bilinib turibdi. Fayzullaev O‘zbekiston chempionatidan kelib, TsSKAning asosiy tarkibidan birdaniga joy olishni uddalagan futbolchi. U darrov yuqori saviyada o‘yin ko‘rsata boshladi.
Agar futbol o‘ynashni shu taqlid davom ettiradigan bo‘lsa, unga boshqa mamlakatlardan ham takliflar ko‘p bo‘lishiga aminman, - dedi Ivitsa Olich.
Ivitsa Olich Xorvatiya futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchilik faoliyatini “Marsoniya” klubida boshlagan hujumchi o‘z yurtida “Zagreb” va “Dinamo” klublarida to‘p tepgan.
Legioner sifatida Rossiyaning TsSKA, Germaniyaning “Gerta”, “Gamburg”, “Bavariya”, “Volfsburg”, “Myunxen-1986” klublarida faoliyat yuritgan.
Olich uch mamlakat – Xorvatiya, Rossiya va Germaniya chempionligiga sazovor bo‘lgan. Rossiya kubogi, Superkubogi va UEFA Superkubogi hamda Germaniya kubogi va Superkubogi sohib hisoblanadi.
2017 yili professional faoliyatini yakunlagan Ivitsa klublar miqyosida jami 504 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 169 marotaba ishg‘ol qilgan, jamoadoshlariga 67 ta golli pas uzatgan.
Tajribali forvard Xorvatiya terma jamoasi safida 104 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 20 ta gol yozdirib qo‘ygan.
44 yoshli sobiq futbolchi ayni paytda Xorvatiya terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda.
Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyati bormi?
Fikrlar
zaxira fudbolchisi bolsa ham ketgani maqul