"Bavariya" futbolchisini PSJga bermaydi

  • 24 iyun, 2020, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya chempionligini qo‘lga kiritgan “Bavariya” PSJning Lukas Ernandes bo‘yicha taklifiga rad javobini berdi.

PSJ kelasi mavsumda aka-uka Lukas va Teo Ernandeslarni o‘z tarkibida o‘ynatmoqchi edi.

Aslida “Bavariya” Lukasni o‘tgan yili “Atletiko”ga berilgan summa – 80 million evroga sotishga tayyor. Lekin nemislar Chempionlar Ligasida o‘zlari bilan to‘qnash kelish ehtimoli katta bo‘lgan klublarning kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Ernandesni PSJga bermadi.

24 yoshli Ernandes joriy mavsumda 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!