"Bavariya" himoyachisi PSJga o‘tishga juda yaqin turibdi
PSJ klubi "Bavariya" himoyachisi Xuan Bernatni sotib olishga juda yaqin turibdi. Bu haqda ActuFoot nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha 25 yoshli futbolchining agenti ayni damda Parijda bo‘lib turibdi va Frantsiya chempioni bilan muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazmlqda.
Ma’lumot uchun, Bernat joriy mavsum "Bavariya" safida hozircha birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi. Uning transferi esa 15 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar