"Bavariya" himoyachisini "Verder"ga sotib yubordi
“Bavariya” klubi himoyachisi Marko Fridl “Verder”da qoladigan bo‘ldi. Bremenliklar rasmiy saytining xabar berishicha ular 21 yoshli avstriyalik futbolchining transferini to‘liq sotib olishgan.
Eslatib o‘tamiz, Fridl mavsumning ikkinchi yarmini “Verder” safida ijara asosida o‘tkazgan edi. U o‘tgan mavsum Bundesligada jami 7ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar