"Bavariya" hujumchisi jamoada qoladigan bo‘ldi
"Manchester Yunayted" "Bavariya" hujumchisi Matis Telga qiziqish bildirayotgandi. Ammo bu transfer amalga oshmaydigan bo‘ldi. Sababi, futbolchi klubida qoladi.
Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, Tel Germaniya klubida uzoq yillar to‘p tepishga qaror qildi. U kelajakda "Bavariya"ning asosiy hujumchisi bo‘lishni rejalashtirgan.
2022 yilda nemislar tarkibiga kelib qo‘shilgan Tel mazkur mavsum klubning 29 ta uchrashuvida ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi.

Fikrlar