"Bavariya" Levandovskining ishini engillashtirmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Berlinning “Gerta” klubi hujumchisi Vedad Ibishevich boshqa bir nemis klubi safiga o‘tishi mumkin. Sky Germany nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Levandovskiga biroz enggillik amalga oshirishni rejalashtirayotgan “Bavariya” aynan bosniyalik futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘ydgan.

Biroq, 33 yoshli futbolchi myunxenliklardan hech qanday taklif olmaganini bildirdi. O‘z navbatida “Bavariya” klubi ijrochi direktori Karl-Xaynts Rummenigge esa Ibishevichning nemis grandi safiga o‘tishi mumkinligini inkor etmayapti.

“Katta pul sarflamasdan futbolchi sotib olish – bu yaxshi fikr. Ana shu futbolchi Ibishevich bo‘lishi ham mumkin”, - deydi Rummenigge.

Eslatib o‘tamiz, Bosniya va Gertsogovina terma jamoasi a’zosining “Gerta” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!