"Bavariya" "Liverpul" bilan kelisha olmayapti
“Bavariya” klubi Tyago Alkantaraning transferi masalasida “Liverpul” bilan muzokaralarni hali ham davom ettirmoqda.
Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, myunxenliklar boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge va sport direktori Xasan Salixamijich ispaniyalik futbolchining taqdiri masalasini muhokama qilishgan.
Tyago o‘zini boshqa chempionatda sinab ko‘rmoqchi, ammo u yangi jamoasi bilan kelishuvga erisha olmayapti. Boisi, nemis grandi uning transferi 40 mln evroga baholamoqda, ammo “Liverpul” 25 mln evrodan ortiq taklif qilmayapti.

Fikrlar