"Bavariya" murabbiylik postiga yangi nomzod topildi

  • 20 sentabr, 2022, 11:55
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" va Dortmundning "Borussiya" klublarining sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Bavariya"da ish boshlashi mumkin, deb xabar berdi "Bild".

Tecno

Agar Myunxen klubi xalqaro tanaffusdan keyin birinchi o‘yinda ijobiy natijaga erisha olmasa, bosh murabbiy Yulian Nagelsmanni iste’foga chiqarishi mumkin. Bu holatda Germaniyaning amaldagi chempionini Tuxel boshqarishi mumkin.

Myunxenliklar Germaniya chempionatining 7-turi doirasidagi uchrashuvda “Augsburg”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. "Bavariya"ning ligadagi g‘alabasiz seriyasini to‘rtta o‘yingacha ko‘paydi.

Tuxel 2022 yilning 7 sentyabr kuni “Chelsi” bosh murabbiyiligidan ketdi. “Ko‘klar” rahbariyati mavsum boshida yomon natijalar qayd etgani uchun mutaxassisni ishdan bo‘shatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!