"Bavariya" Olise bo‘yicha "Liverpul"ga rad javobini berdi — Hyoness transfer mish-mishlarini inkor qildi

  • 29.03.2026 16:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" rahbarlaridan biri Uli Hyoness yozgi transfer oynasida Maykl Olisening "Liverpul"ga o‘tishi ehtimolini rad etdi va mersisaydliklarning so‘nggi sarf-xarajatlarini tanqid qildi.

Avvalroq Olise "Liverpul"ga bog‘lanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu ayniqsa, Muhammad Salo‘hning mavsum yakunida "Enfild"ni tark etishi rasmiy tasdiqlanganidan keyin kuchaydi.

Biroq "Kristal Pэlas"ning sobiq hujumchisi yana Premer-ligaga qaytishi haqidagi gap-so‘zlarga "Bavariya"ning faxriy prezidenti Hyoness tezda chek qo‘ydi.

Shu bilan birga, nemis mutaxassisi "Liverpul"ning yozdagi katta sarmoyasiga ham tanqidiy munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, klub qariyb 450 million funt sarflagan bo‘lsa-da, Premer-ligada beshinchi o‘ringa tushib ketgan va kuchli to‘rtlikdan 5 ochko orqada, yetakchi "Arsenal"dan esa 21 ochkoga orqada qolmoqda.

Olisening "Liverpul"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar yuzasidan Hyoness shunday dedi:

"Bu rostdan ham shundaymi? Men bunga ishonmayman. Baribir, “Liverpul” bu yil 500 million yevro sarfladi va juda yomon mavsum o‘tkazmoqda. Shuning uchun biz ularning kelasi yilda yanada kuchliroq o‘ynashiga yordam bermaymiz".

74 yoshli mutaxassis qo‘shimcha qildi:

"Biz bu o‘yinni muxlislarimiz uchun o‘ynaymiz. Bizning 430 ming a’zoimiz va dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarimiz bor. Agar hisobimizda 200 million yevro bo‘lsa-yu, har shanba yomon o‘yin ko‘rsatsak, bu ularga hech qanday foyda bermaydi".

Eslatib o‘tamiz, Maykl Olise 2024 yil yoziда "Kristal Pэlas"dan "Bavariya"ga 50,8 million funt evaziga, 5 yillik shartnoma asosida qo‘shilgan edi.

24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda Bundesligada g‘olib chiqqan va joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 16 ta gol hamda 27 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!