
"Bavariya" osiyolik futbolchini sotib olmoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi o‘z safiga osiyolik yarim himoyachini qo‘shib olmoqchi.
"Sly Sport Germany" nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "Frayburg" vakili Chon U Yon faoliyatini chempion safida davom ettirishi mumkin. Katta ehtimol bilan, kelishuv yozda amalga oshadi.
"Transfermarkt" portali Chonning transfer narxini 5,5 million evroga baholamoqda. Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosi 20 uchrashuvda maydonga tushib, 4 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan.
Fikrlar