"Bavariya" portugaliyalik yarim himoyachi bilan kelishib oldi

  • 09.06.2024 18:52
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" ilk transferini amalga oshirishga yaqin turibdi. Klub ikki yildan beri sotib olishga harakat qilib kelayotgan Joau Palinya bilan kelishib oldi, deya ma’lum qilmoqda insayder Fabritsio Romano. 

O‘tgan yili yozda ham portugaliyalik yarim himoyachi Myunxen klubiga o‘tishga rozi bo‘lgandi, lekin "Fulxem" juda katta summa so‘raganligi sababli, nemislar bu transferdan voz kechga. Oradan bir yil o‘tib, jamoa uni xarid qilishga yaqin turibdi. Tez orada tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlanadi. "Bavariya" endi 45 million evro to‘lashni istamoqda. 

Ushbu mavsum londonliklar safida 39 ta o‘yinda maydonga tushgan Palinya 5 ta golda ishtirok etdi. Tayanch yarim himoyachisi uchun bu yomon natija emas. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!