"Bavariya" PSJdan kuchlimidi?

  • 14.04.2021 14:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bavariya”ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus Myunxen klubining PSJga imkoniyatni boy berib, EChLdan chiqib ketgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“O‘tkazilgan ikki o‘yin yakuniga qarab, ushbu juftlikda “Bavariya” kuchliroq edi deb hisoblayman. Parijda myunxenliklar kerakli natija qayd etishlariga juda ham oz qoldi”, - dedi Matteus UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” dastlab o‘z maydonida PSJga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Parijdagi javob bahsida esa 0:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ammo bu myunxenliklarni yarim finalga chiqiishi uchun kamlik qildi.

Endi PSJ yarim final bosqichida “Borussiya” Dortmund va “Manchester Siti” juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!