“Bavariya” PSJga xalaqit qilmaydi
“Bavariya” klubi boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge PSJ hujumchisi Kilian Mbappe transferi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
- Menga Kilian Mbappening o‘yini juda yoqadi, lekin biz uning transferini amalga oshirishga qodir emasmiz. Iqtisodiy vaziyat shuni taqozo etmoqda. PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifiy mening yaqin do‘stim. U xotirjam bo‘lishi mumkin, chunki men Mbappeni so‘rab, uni bezovta qilmayman, - dedi Rummenigge.
PSJ va Mbappe o‘rtasidagi shartnoma 2022 yilning yozigacha davom etadi. Biroq, Mbappe yangi bitimni qabul qilmadi. U yozda boshaqa jamoaga ketishi mumkin. Da’vogarlar qatorida “Real” va “Liverpul” bor.

Fikrlar