
"Bavariya" tezroq Boatengdan qutulmoqchi
“Bavariya” klubi rahbariyati jamoaning markaziy himoyachisi Jerom Boatengni joriy yozgi transferlar davridayoq sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
Germaniyalik jurnalist Kristian Falk o‘zining tvitterdagi sahifasida yozishicha, myunxenliklar hozircha 31 yoshli futbolchining transferi yuzasidan hech qanday taklif olmagan. Ammo, bundan avvalroq, turli OAVda Boatengga “Arsenal”, “Chelsi” va “Gerta” klublaridan qiziqishlar mavjud ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Boateng “Bavariya” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum Bundesligada 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 2 ta goliga assistentlik qildi.
Fikrlar