"Bavariya" va Sane o‘rtasidagi kelishuv nima sabab bekor qilindi?

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sanening kelajagi hamon so‘roq ostida qolmoqda.

Kicker nashri oldinroq, Sanening harakteri nemis klubida shubha uyg‘otayotgani sabab ushbu transferdan voz kechish ehtimoli borili haqida xabar bergan edi.

Bild nashri esa ushbu xabarin inkor qildi va koronavirus infektsiyasi ortidan kelib chiqishi kutilayotgan moliyaviy qiyinchiliklar sabab klub ushbu transfer ishlarini to‘xtatib turganiligi haqida ma’lumot bermoqda.

Shuningdek, klub va futbolchi o‘rtasida dekabr oyida kelishuv amalga oshirilgan, biroq Sane o‘zinnig mutassaddi tashkiolati DB Ventures Limited bilan hamkorlikni to‘xtatib, LIAN Sports bilan kelishuv imzoladi.

Endi "Bavariya" va Sane o‘rtasidagi barcha shartnomalar bekor qilinadi va tomonlar yangidan muzokaralar stoliga o‘tirishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!