"Bavariya" yangi mavsumda safar uchrashuvlarini qanday libosda o‘tkazadi? (FOTO)
Myunxenning “Bavariya” klubi yangi 2020/21 yilgi mavsumda safar uchrashuvlarida foydalanadigan libosi suratlarini namoyish qildi.
Ushbu ekipirovkalar “Bavariya”ning texnik hamkori hisoblangan Adidas kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.
Eslatib o‘tamiz, Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa joriy mavsum Bundesligada chempionlikni tantana qildi. Ularni oldinda Chempionlar ligasi bellashuvlari kutmoqda.

Fikrlar