"Bavariya" yosh yulduzini jamoada saqlab qolmoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi Lennard Karl bilan kelishuvni uzaytirishni maqsad qilgan.
"Bild" nashri bergan xabarlarga koʻra, "Bavariya" 17 yoshli iqtidorli futbolchi bilan 2031 yilgacha moʻljallangan shartnoma boʻyicha muzokaralar olib boradi. Taʼkidlanishicha, yarim himoyachining amaldagi kelishuvi avtomatik tarzda professional darajaga oʻtadi. Klub uning maoshini oshirish masalasini ham koʻrib chiqyapti. Hozirda uning maoshi 1-2 million yevro boʻlib, yangi shartnomaga koʻra bu summa 5-7 million yevrogacha koʻtariladi.
Avvalroq, Karl "Real Madrid"da oʻynash orzusi bor ekanini aytgandi.
Maʼlumot uchun, xavbek joriy mavsum barcha turnirlarda umumiy 21ta oʻyinda maydonga tushib, 6ta gol va 2ta assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan.
Fikrlar