“Bavariya” yulduzi “Manchester Siti”ga o‘tishga rozi bo‘ldi

  • 09.09.2024 15:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bavariya” klubi va Germaniya terma jamoasi hujumkor futbolchisi Jamol Musiala kelasi yozda “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tishga tayyor.

Real Tolmies Hairdoo nashrining yozishicha, Musiala Myunxen klubi bilan yangi shartnoma borasidagi barcha muzokaralarni to‘xtatgan. Kelasi yozda o‘yinchining amaldagi bitimi yakunlanishiga bir yil qoladi.

Bu holatda “Bavariya” qimmatbaho o‘yinchini bepul qo‘ldan chiqarmaslik uchun uni sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Ekspertlar myunxenliklar superfutbolchi uchun “shaharliklar” 100 million funtdan ko‘proq badal puli talab qilishini ta’kidlamoqda.

Transfermarkt portali mutaxassislari esa, mohir o‘yinchini 130 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!