"Bavariya"ning ikki etakchisi mashg‘ulot paytida mushtlashib ketdi

  • 11 aprel, 2019, 19:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Robert Levandovski va yarim himoyachi Kingsli Koman mashg‘ulot paytida o‘zaro janjallashib ketishdi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mashg‘ulotlar paytidgi holatlardan birida ushbu futbolchilar o‘zaro tortishib ketishgan, so‘ngra esa bir-birlariga qo‘l ham ko‘tarishgan. Natijada ularni jamoadoshlari ajratib qolishgan.

Bosh murabbiy Niko Kovach esa janjalkash futbolchilarni mashg‘ulotlardan chetlatmagan, balki, ular bilan shug‘ullanishda davom etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!