“Bavariya”ning orzulari sarobga aylandi
Londonning "Tottenxem" klubi o‘z hujumchisi Xarri Keyn bilan xayrlashishni rejalashtirmayati. Oldinroq, ingliz futbolchisiga “Bavariya” qiziqish bildirgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “shporlar” rahbariyati Keynni boshqa jamoaga qo‘yib yubormoqchi emas. Inglizlar har qanday klubdan kelgan taklifga ikkilanmay rad javobini berishini ma’lum qilgan. "Tottenxem" Keynni tarkibda saqlab qolmoqchi va yaqin orada u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashni mo‘ljallamoqda.
Harri Keyn o‘tgan mavsumda "Tottenxem"ning Premer liga doirasidagi 37ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 17 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Mavsum yakunlariga ko‘ra, “shporlar” APL turnir jadvalida 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqdi.



Fikrlar