Baxtiyor Ashurmatov: Mendan oldin jamoada ishlagan murabbiylarga rahmat aytaman
"Nasaf" kuchli jamoa. Ular bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi va haqli g‘alabaga erishdi. Ularni g‘alaba bilan tabriklayman. Darvozabonga birinchi yordam ko‘rsatishdi. Asilbek Amonov hujumchi bilan kurashda jarohatlandi. Uning jarohati qay darajada jiddiy ekanligini tahlillar chiqqach bilib olamiz.
Mag‘lubiyatda sabab izlamayman. Futbolchi almashtirishda xatoga yo‘l qo‘ydim. Zaxiramiz tor, shu bois davralar oralig‘ida jamoaga yangi futbolchilarni jalb etmoqchimiz. Mendan oldin jamoada ishlab ketgan murbbiylarga rahmat aytmoqchiman. Chunki jamoani 3-o‘rinda qabul qilib oldim. Bu yaxshi natija. Rahbariyat oldimizga shu o‘rindan tushib ketmaslikni vazifa qilib qo‘ygan. Jamoani kuchaytirish ustida ishlaymiz. Mavsum so‘nggida 3-o‘rinni olishimizga ishonamiz. Biz bu borada "Nasaf" va "Navbahor" bilan kurashamiz", - dedi Ashurmatov.

Fikrlar
Энди сизга тайёрлаб беришди,сиз хам расво.................???
Мана биринчиси бошланди.
Бизни футболда узи шунака-ку.
Nu lekin ozrog xurmat qilishni urgan