"Bayer" Bundesligada tarixiy natija qayd etdi

  • 18 may, 16:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya Bundesligasining 34-turi doirasida "Bayer" safarda "Maynts" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

"Opta Franz" nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Xabi Alonso shogirdlari Bundesligadagi safar o‘yinlarida mag‘lubiyatsiz seriyani 34 tagacha etkazishdi — bu musobaqa tarixidagi rekord.

Bu ko‘rsatkich bilan "Bayer" myunxenliklarning sobiq natijasini ortda qoldirdi.

Yakunlangan mavsumda "Bayer" 69 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi va "Bavariya"dan 13 ochkoga orqada qoldi.

Ma’lumot o‘rnida, jamoa bosh murabbiyi Alonso bir necha kun oldin yozda jamoani tark etishini e’lon qildi. Uning keyingi ishi Madridning "Real" klubi bo‘lish ehtimoli yuqori. Bundan tashqari, jamoaning boshqa bir etakchi futbolchilariga Evropaning top klublaridan takliflar bor. Masalan, kecha Frimpong Mersesaydning "Liverpul" klubi bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar chiqdi. Florian Virtsga esa "Manchester Siti", "Liverpul", "Bavariya" va "Real Madrid" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, germaniyalik himoyachi Jonatan Tagayam bir necha grand klublar ko‘z tikkan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!