
Bekxemning hayotidagi eng og‘ir payt qachon bo‘lgan?
Britaniyalik qo‘shiqchi, aktrisa va ishbilarmon ayol Viktoriya Bekxem turmush o‘rtog‘i, angliyalik sobiq futbolchi Devid Bekxem uchun hayotning qaysi davri eng qiyin bo‘lganini aytib berdi.
“Hayotimizdagi eng og‘ir davr 1998 yilda Frantsiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan keyin bo‘ldi. 22 yoshli yigit uchun bunday tanqidlar juda qiyin edi. Bu vaziyatda, siz cho‘kayotganingizni ham, suzayotganingizni ham bilmaysiz, shunchaki hammasini boshdan kechirishda davom etasiz. Ammo biz birga qoldik, qolganlari esa tarixdir" - deya Viktoriya Bekxem.
Eslatib o‘tamiz, JCh-1998 ning 1/8 finalida Angliya terma jamoasi Argentina terma jamoasi bilan to‘qnash kelgan. 47-daqiqada Bekxem raqib futbolchisi bilan to‘qnashib, uni tepdi, natijada buning uchun maydondan chetlatildi. Angliya terma jamoasi penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi va uyiga qaytdi. O‘sha epizoddan so‘ng ingliz jurnalistlari Devidni mag‘lubiyatning asosiy aybdoriga aylantirishdi.
Fikrlar