Bekzod Abdurahmonov: "Habib Nurmagomedov bilan jang qilgan bo‘lardim"
Erkin kurash bo‘yicha jahon chempionatining ikki karra sovrindori, ikki marotaba Osiyo o‘yinlari g‘olibi, ikki marta Osiyo chempioni, “Islom birdamlik o‘yinlari bronza medali sohibi hamda Yopiq inshoatlardagi Osiyo o‘yinlari g‘olibi Bekzod Abdurahmonovning MMA yo‘nalishida ham jang qilganligi borasida ma’lumot bergan edik.
Biz ushbu sporchimizga ham, agar "imkoniyat va tanlov bo‘lganida o‘z vazn toifangizda qaysi UFC vakili bilan jang qilgan bo‘lardingiz?", degan savol bilan murojaat qildik. U esa ajoyib tarzda javob berdi.
- Agar, shunday imkoniyat bo‘lganida edi, Habib Nurmagomedov bilan jang qilardim. Chunki men kurashchiman. O‘ylaymanki, u meni pastga olib tusha olmasdi. “Teyk-daun”larni amalga oshirishda qiynalgan bo‘lardi. Albatta, u juda kuchli jangchi. Lekin u bilan bellashib ko‘rgan bo‘lardim.
Ma’lumot uchun, Bekzod Abdurahmonov MMA yo‘nalishida 7 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.
O‘zbekistonlik MMA jangchilari qaysi UFC vakillariga qarshi jang qilgan bo‘lardi?
Andijondagi MMA kechasiga muxlislar kiritiladimi? Tashkilotchilar javob berdi (Video)
Toshkentda yana bir nufuzli jang kechasi tashkil qilinadi |
Zarruh Adashev sparringda UFCning taniqli jangchilari bilan ishlamoqda
Fikrlar